Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi

Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi

Prezidentimizning muborak Ramazon oyi munosabati bilan qabul qilgan qaroriga ko‘ra, ehtiyojmand, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan oilalar hamda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar tarbiyalanayotgan xonadonlarga bir martalik moddiy yordam ajratildi.

Bu xayrli tashabbus – mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibat va saxovat tamoyillarini amalda namoyon etish yo‘lidagi ezgu ishlarning uzviy davomidir.

Ayni kunlarda mahallalardagi ijtimoiy xodimlar moddiy yordam haqidagi xabarnomalarni oilalarga yetkazib, yurtdoshlarimiz qalbiga Ramazon quvonchini ulashmoqdalar. Jumladan, Farg‘ona shahridagi “Yoshlar” mahallasi ijtimoiy xodimi Suhrobbek Hoshimov o‘ziga biriktirilgan hududda 7 ta davlat ta’minotidagi oilaga, 14 ta kambag‘al oilaga va 1 nafar yakka-yolg‘iz keksa fuqaro yashovchi xonadonlarga birma-bir kirib borib, mehr-muruvvatga intiq yuraklarni muborak oy shukuhi bilan charog‘on qildi.

Mehr va e’tibor ustuvor bo‘lgan jamiyatda inson qadri yanada yuksaladi. Bu ezgu amallar xalqimiz birdamligi va hamjihatligini mustahkamlab, muborak oyning fayzu barakasini har bir xonadonga olib kirishi shubhasiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring