Elektromobil egalariga imtiyoz: zaryadlash uchun subsidiya berish rejalashtirilyapti
2026-yil 1-maydan boshlab elektromobillarni zaryadlash xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab berilishi mumkin.
Bu borada tegishli hujjat loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Taklif etilayotgan tartibga ko‘ra, agar zaryadlash stansiyalarida 1 kVt/soat elektr energiyasi narxi 300 so‘mdan oshsa, ortiqcha qismi davlat budjeti hisobidan to‘lab beriladi. Bu imtiyoz 2030-yil oxirigacha amal qiladi.
Subsidiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolarning bank kartasiga o‘tkaziladi va daromad sifatida hisoblanmaydi. To‘lovlar har oyda «Soliq» mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, zaryadlash stansiyalari ma’lumotlari soliq tizimi bilan integratsiya qilinadi. Ya’ni kim qancha elektr sarflagani avtomatik hisoblanadi.
Shuningdek, 2026-yil davomida «EV-Power» raqamli platformasi ishga tushiriladi va avval Toshkentda sinov tarzida, keyin esa butun respublika bo‘ylab joriy etiladi.
2027-yildan boshlab esa barcha subsidiyalar aynan shu platforma orqali taqdim etiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter