Robototexnika bo‘yicha jahon chempionlari mukofotlandi
Bugun, 13-oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi.
Koreya Respublikasining Inchxon shahrida o‘tkazilgan «FIRST Global Challenge» musobaqasida dunyoning qariyb 190 mamlakatidan kelgan yoshlar ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi rekord natija ko‘rsatib, jahon chempioni bo‘ldi.
Farmonda jamoa a’zolari va murabbiylarning intellektual salohiyati, muhandislik sohasidagi bilim va mahorati, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tiborini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etilgan.
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiysi Bo‘taxonov Ziyodulla Zoyirjon o‘g‘li mukofotlandi.
«Kelajak bunyodkori» medali bilan quyidagilar taqdirlandi:
Salomov Ibroxim Uktamovich — O‘zbekiston terma jamoasi sardori;
Abdujabborov Abdullox Abdug‘ofur o‘g‘li — terma jamoaning texnik murabbiysi;
Akbarov Shoxruxbek A’zamjon o‘g‘li, Kosimov Akbarshox Anvar o‘g‘li, Miraxmedov Ayubxon Anvar o‘g‘li, Pardayev Umarbek Sherzod o‘g‘li, Sodiqov Shukrullo Sherali o‘g‘li, Teshabayev Maxkambek, Tojiqo‘ziyev Jasurbek Rustamjon o‘g‘li, Urmanov Baxodir Doniyorovich va Urmanov Xondamir Doniyorovich — terma jamoa a’zolari;
Teshabayeva Safina va Yusupxo‘jayev Hasanxon Alisher o‘g‘li — terma jamoa menejerlari.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter