Samarqand bolalar kelajagi bo‘yicha global muloqot maydoniga aylanadi
2026-yilning 21–22-oktyabr kunlari Samarqand shahrida «Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l» mavzusida Butunjahon sammiti bo‘lib o‘tadi.
Ushbu nufuzli tadbir dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan vakillarni — siyosiy yetakchilar, vazirlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ekspertlar, biznes va fuqarolik jamiyati vakillarini, akademik doiralarni hamda bolalar va o‘smirlarni bir maydonga jamlaydi.
Bugungi kunda bolalar global chaqiriqlar — mojarolar, iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy beqarorlik va ortib borayotgan tengsizlikning eng og‘ir oqibatlarini his qilayotgan guruhlar qatorida turibdi.
Muhokamalar markazida kelajak avlod taqdirini belgilovchi yo‘nalishlar bo‘ladi:
- bolalar manfaatiga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya;
- bolalarni himoya qilish va integratsiyalashgan qo‘llab-quvvatlash tizimlarini rivojlantirish;
- qulay va barqaror sog‘liqni saqlash tizimi;
- bolalar saratoniga qarshi kurash;
- erta bolalik rivoji va inklyuziv ta’limda hamkorlikdagi yechimlar.
Sammit doirasida shuningdek II xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ham o‘tkaziladi.
Uchrashuvning asosiy natijalaridan biri sifatida Samarqand bolalar farovonligiga investitsiya qilish bo‘yicha deklaratsiyasi qabul qilinadi — bu aniq harakatlar va xalqaro hamkorlikka chaqiriq bo‘ladi.
Bolalarga investitsiya qilish — barqaror, adolatli va tinch kelajakka investitsiya qilish demakdir.
Sana: 2026-yil 21–22-oktyabr
Manzil: Samarqand shahri, O‘zbekiston
Batafsil ma’lumot:investinchildren.uz va ijtimoiy tarmoqlarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter