Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sug‘orishda elektr xarajatlarini yarimgacha qoplash mexanizmi joriy etilmoqda

Sug‘orishda elektr xarajatlarini yarimgacha qoplash mexanizmi joriy etilmoqda

2026 yil 1 yanvardan boshlab ozuqabop va moyli ekinlar yetishtiruvchi, sug‘orish jarayonida o‘z balansidan nasos agregatlaridan foydalanadigan sub’yektlarga sarflangan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizi davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi. Bu amaliyot PQ-322-sonli Prezident qarori doirasida oziq-ovqat ta’minotini barqaror ta’minlash maqsadida yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur qarorga muvofiq, qishloq xo‘jaligi korxonalariga qo‘shimcha moliyaviy yordam mexanizmi ham taklif etilgan:

tijorat banklari tomonidan hosil qiymatining 50 foizigacha 12 oylik muddat bilan yillik 12 foiz stavkali imtiyozli kreditlar;

2025 yil 1 noyabrdan 2030 yil 31 dekabrgacha «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ orqali kredit foiz xarajatlarini qoplash:

milliy valyutada — Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz banddan yuqori, biroq 10 foiz bandgacha (asosiy stavka 2 barobaridan oshmagan holda);

xorijiy valyutada — 8 foizdan yuqori, biroq 4 foiz bandgacha bo‘lgan qismi.

Ushbu choralar fermerlar va agrar korxonalarning sug‘orish hamda yetishtirish xarajatlarini kamaytirish, shu orqali mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring