Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent metropoliteni yo‘nalishlarining grafik sxemasi yangilandi

Toshkent metropoliteni yo‘nalishlarining grafik sxemasi yangilandi

Foto: TashTrans.uz

Toshkent metropoliteni yo‘nalishlarining grafik sxemasi yangilanib, dolzarb holatga keltirildi. Yangilangan sxema yo‘lovchilar uchun harakat vaqti va yo‘nalishlar bo‘yicha yanada aniq ma’lumotlarni taqdim etadi.

Yangilanishlar doirasida quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirildi:

  • Yunusobod yo‘li va Halqa yer usti yo‘lida birinchi va oxirgi bekatlar orasidagi o‘rtacha yo‘l vaqti qayta hisoblandi;

  • Ushbu yo‘nalishlarda bekatlar oralig‘ida poyezdlar harakatining o‘rtacha vaqti (daqiqalar va soniyalarda) yangilandi;

  • Metro bekatlari yaqiniga qo‘shimcha shahar atrofi avtostansiyalari kiritildi;

  • Metro bekatlaridan yetib borish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha diqqatga sazovor joylar — bog‘lar, bozorlar va sport inshootlari sxemaga qo‘shildi.

Yangilangan sxemaning katta formatdagi varianti bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun, sxema 2026 yil 3 yanvar kuni yangilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring