Yangi yil bayramida metro qay tartibda ishlashi ma’lum bo‘ldi
Yangi yil bayrami munosabati bilan poytaxtimiz aholisiga va mehmonlariga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida «Toshkent metropoliteni» DUK tomonidan metro harakati rejimiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Xususan, bayram kechasida fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida metro poyezdlari 31-dekabr kuni soat 05:00 dan 1-yanvar kuni soat 01:00 ga qadar uzluksiz ravishda xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, Yangi yil munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlarida metro poyezdlarining harakat oralig‘i quyidagi tartibda tashkil etiladi:
-2025-yil 31-dekabr hamda 2026-yil 2-yanvar kunlari — metro poyezdlari shanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi;
-2026-yil 1-yanvar kuni — poyezdlar yakshanba kuni uchun belgilangan jadval bo‘yicha qatnaydi.
Shuningdek, 5-yanvar — dushanba kuni barcha uchun ish kuni hisoblanib, ushbu sanada metro harakati odatiy ish kunlari jadvali asosida tashkil etiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter