Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yer usti metrosining ish vaqti 2 kunga o‘zgaradi

Yer usti metrosining ish vaqti 2 kunga o‘zgaradi

Foto: Xabar.uz

«Toshkent metropoliteni» DUK ma’lum qilishicha, 2026-yil 17-iyuldan 19-iyulgacha Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati vaqtincha o‘zgartiriladi.

Ushbu davrda mazkur yo‘nalishdagi poyezdlar har kuni soat 06:00 dan 22:30 gacha qatnaydi.

Korxona ma’lumotiga ko‘ra, cheklovlar yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda metro infratuzilmasining texnik holatini qo‘shimcha ravishda nazoratdan o‘tkazish maqsadida joriy etilmoqda.

Ikki kun davomida Yer usti halqa yo‘lidagi 14 ta metro bekatining konstruktiv va texnik holati mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda sinchkovlik bilan ko‘zdan kechiriladi.

Metropoliten ma’muriyatining ta’kidlashicha, profilaktik tadbirlar transport infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu ishlar yo‘lovchilar uchun yanada xavfsiz va qulay sharoit yaratishga qaratilganini bildirdi.

«Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring