Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent metrosining «Turon» bekatida tom quladi, jabrlanganlar bor

Toshkent metrosining «Turon» bekatida tom quladi, jabrlanganlar bor

Foto: Toshkent metropoliteni

Bugun, 16 iyul kuni soat 14:34 da «Yer usti halqa» yo‘nalishining «Turon» metro bekatida tom konstruksiyasining bir qismi quladi. Bu haqda metropoliten ma’muriyati xabar berdi.

Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida mazkur bekatda metro poyezdlari harakati zudlik bilan vaqtincha to‘xtatildi. Hozirda mutaxassislar tomonidan holat yuzasidan texnik o‘rganish ishlari olib borilmoqda hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Mazkur hodisa oqibatida ikki nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan. Ularga voqea joyining o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida «Qipchoq» va «Quruvchilar» metro bekatlari oralig‘ida bepul metrobuslar harakati yo‘lga qo‘yilgan.

Holatga Toshkent shahar hokimligi ham izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, korxona mutaxassislari tegishli tashkilotlar bilan birgalikda inshoot konstruksiyalarini vizual va texnik ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shiftning dekorativ qismi shikastlangan. Hodisa sabablarini aniqlash maqsadida maxsus komissiya tuzilgan bo‘lib, ayni vaqtda tiklash ishlari olib borilmoqda.

Bekatga tutash hududda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari transport harakatini tartibga solib, xavfsizlikni ta’minlamoqda.

Tekshiruv va ta’mirlash ishlari davomida qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi:

  • 13 va 14-bekatlar oralig‘ida — 4 ta avtobus;
  • 13 va 12-bekatlar oralig‘ida — 4 ta avtobus.

Avtobuslar harakatlanish intervali 3 daqiqani tashkil etadi.

Shuningdek, voqea joyida shahar va favqulodda xizmatlarning faoliyati ta’minlanib, yo‘lovchilarni jamoat transporti harakatidagi o‘zgarishlar haqida tezkor xabardor qilish yo‘lga qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring