Ta’lim tizimi va Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari bilan ta’lim tizimi hamda Prezident Administratsiyasida qator kadrlar tayinlovi amalga oshirildi.
Ilhom Tohirovich Siradjev O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Obid Arziqulovich Hakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari hamda o‘rindoshlik asosida “Yangi O‘zbekiston” universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Prezident farmoni bilan Kamoliddin Karamiddinovich Mardonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Yangi tayinlov munosabati bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter