Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi doirasida aholi uylari buziladi

Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi doirasida aholi uylari buziladi

Foto: O‘rta Chirchiq tumani hokimligi

O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlarining tutash hududida quriladigan xalqaro aeroport qurilishi doirasida aholi uylari buziladi. Bu haqda O‘rta Chirchiq tumani hokimiyati ma’lum qildi.

Aeroport uchun O‘rta Chirchiq tumanining Xalqobod va Yangiyo‘l mahallalaridan yer ajratilgan.

Kuni kecha aeroport qurilishi bilan bog‘liq tashkiliy yumushlar doirasida tuman hokimi I.Qosimov Xalqobod mahallasi aholisi hamda hududdagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi.

Unda aholi xonadonlariga va fermer xo‘jaliklari hududidagi mavjud bino-inshootlariga kompensatsiya to‘lab berilishi, uning tartiblari haqida atroflicha tushuntirish hamda aholi va fermerlar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

Eslatib o‘tamiz, aeroport qurilishiga 15 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan start berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring