Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Termizda 30 ta yangi avtobus qatnovga chiqarildi

Termizda 30 ta yangi avtobus qatnovga chiqarildi

Foto: Transport vazirligi

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida Termiz shahrida yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish maqsadida 30 ta yangi zamonaviy avtobus qatnovga chiqarildi.

«Zongtong» rusumli avtobuslar Termiz shahridagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.

Yangi avtobuslar quyidagi yo‘nalishlarda harakatlanadi:

  • ShI-1-sonli yo‘nalish: Temir yo‘l vokzali – Pattakesar mahallasi;
  • ShI-5-sonli yo‘nalish: Istiqlol maydoni – «Taxta» bozori – Manguzar masjidi – Temir yo‘l vokzali – Istiqlol maydoni (aylanma yo‘nalish).
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring