Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Markaziy Osiyodagi yirik Zamonaviy san’at markazi ochildi

Toshkentda Markaziy Osiyodagi yirik Zamonaviy san’at markazi ochildi

Toshkentda Zamonaviy san’at markazi — “CCA Tashkent”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markaz 1912-yilda qurilgan sobiq dizel elektr stansiyasi binosida joylashgan bo‘lib, unda ko‘rgazma zallari, kutubxona, ta’lim va tadqiqot maydonlari tashkil etilgan.

Binoning me’moriy transformatsiyasi dunyoga mashhur “Studio KO” byurosi tomonidan amalga oshirildi.

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, “CCA Tashkent” ijodkorlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, o‘zbekistonlik iste’dodlarni yangi auditoriyaga olib chiqishga xizmat qiladi.

Loyiha Prezident tashabbusi hamda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi sa’y-harakatlari bilan amalga oshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring