Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi avtobuslarda konditsionerlar yoqila boshlandi

Toshkentdagi avtobuslarda konditsionerlar yoqila boshlandi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi avtobuslarda konditsionerlar ishlamayotgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi yo‘lovchilarning shikoyatlariga javob berildi.

Boshqarma 2026-yil 30-apreldagi tegishli ko‘rsatma xati bilan barcha avtobuslarda tashqi havo harorati 28 daraja iliqdan yuqori bo‘lgan hollarda sovitish tizimlarini uzluksiz ishlatish majburiy qilindi.

Rasmiy bayonotda avtobus salonlarida yo‘lovchilar uchun noxush harorat yuzaga kelishining oldini olish zarurligi alohida ta’kidlandi.

«Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish» davlat muassasasi jamoat transportida nazorat tadbirlarini kuchaytirdi.

Ko‘rsatma talablariga rioya etmagan tashuvchilarga nisbatan qat’iy intizomiy va shartnomaviy choralar ko‘rilishi yuzasidan barcha mas’ullar ogohlantirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring