Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nyu-Yorkda Yulduz Usmonova konserti atrofida bahslar avj oldi

Nyu-Yorkda Yulduz Usmonova konserti atrofida bahslar avj oldi

AQShda o‘zbek xonandasi Yulduz Usmonovaning 9 may kuni Brayton-Bichda rejalashtirilgan konserti atrofida bahslar kuchaymoqda. Nyu-York shtatidagi qator siyosatchilar uning chiqishiga qarshi kampaniya boshladi.

Xususan, Nasso okrugi rahbari va gubernatorlikka nomzod Bryus Bleykman hamda shtat Assambleyasi deputatlari Maykl Novaxov va Alek Bruk-Krasni konsertni bekor qilishni talab qilmoqda. Ular xonandani antisemitizmda ayblayapti.

Novaxovning bildirishicha, ular Usmonovadan yahudiylarga nisbatan bildirgan fikrlarini qaytib olishi va uzr so‘rab chiqqan videosini ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashi uchun bir hafta muddat bergan. Biroq u buni amalga oshirmagan va yuqoridagi talabni rad etgan.

Faollar, shu munosabat bilan AQSh Davlat kotibi Marko Rubioga unga berilgan barcha AQSh vizalarini qaytarib olish va bekor qilishni so‘rab xat yo‘llagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 4 may kuni Nyu-Yorkda ushbu masala yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Hozircha, xonandaning rasmiy munosabati ochiq manbalarda e’lon qilinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring