Sog‘liqni saqlash vaziriga beshta o‘rinbosar tayinlandi
Sog‘liqni saqlash vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
Prezidentning qarori bilan:
Otabek Sunnatovich Imamov sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
Jaloliddin Sharafutdinovich Asamutdinov sog‘liqni saqlash vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
Adxam Yusupovich Xudaykulov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
Sherzod Dilmuratovich Muxamedov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
Ilxomjon O‘rinboy o‘g‘li Umrzaqov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari – Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish departamenti direktori lavozimidan ozod etildi.
Prezidentning qarori bilan:
Alisher Shukrullayevich Boboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bila sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
Elmira Irkinovna Basitxanova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
Farxodjon Muxammadjonovich Tashpulatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Abdulla Azizov Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter