Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi ikkilamchi uy-joy bozorida narxlarning biroz pasayishi kuzatildi

Toshkentdagi ikkilamchi uy-joy bozorida narxlarning biroz pasayishi kuzatildi

Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy bozorida sentyabr oyida narxlar 0,6 foizga oshgan, biroq 2024-yil sentyabr oyiga nisbatan 1,7 foizga pasaygan.

Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozoriga bag‘ishlangan tahlillarida ma’lum qilindi.

Poytaxtdagi ikkilamchi uy-joy bozorida eng katta pasayish Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlarida kuzatildi. O‘rtacha hisobda pasayish 4,3 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, birlamchi uy-joy ko‘chmas mulk bozorida narxlarning 3 foizga oshgani qayd etildi.

Birlamchi uy-joy bozorida eng yuqori narx oshishi Mirobad, Bektemir va Yakkasaroy tumanlarida qayd etildi. O‘rtacha hisobda o‘sish 5,8 foizni tashkil etdi.

Respublika miqyosida esa sentyabr oyida ikkilamchi uy-joy bozoridagi o‘rtacha narxlar 0,6 foizga oshgan. Yillik hisobda, o‘tgan yilning sentyabr oyiga nisbatan ikkilamchi bozorda bir kv.m uchun o‘rtacha narx 4,6 foizga oshgan.

Eng yuqori narx o‘sishi Surxondaryo (+19 foiz), Sirdaryo (+15,8 foiz) va Jizzax (+14,5 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring