Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turizmning YaIMdagi ulushi kamida 2 baravar oshiriladi – Prezident qarori

Turizmning YaIMdagi ulushi kamida 2 baravar oshiriladi – Prezident qarori

Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan 2030-yilgacha turizm sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari belgilansdi.

Unga ko‘ra,ko‘rsatilgan muddatga qadar turizm sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini amaldagi 3,5 foizdan 7 foizgacha yetkaziladi va chet ellik turistlarning yillik sonini amaldagi 10 mln nafardan 20 mln nafargacha yetkaziladi, shu jumladan, to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan turistlar oqimini ko‘paytiriladi.

Hujjat bilan, shuningdek:

  • turizm xizmatlari yillik eksporti hajmini 6 mlrd AQSh dollaridan oshirish;
  • O‘zbekistonning turistik shaharlari o‘rtasidagi transport bog‘lanishini yaxshilash, ichki aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish hamda yo‘lga sarflanadigan vaqtni kamida 3 baravarga qisqartirish;
  • 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar sonini 2 baravarga oshirish;
  • turistik xizmatlar va mahsulotlarni diversifikatsiya qilish orqali respublikaning turistik salohiyatini to‘liq ishga solish;
  • jahonda keng taniladigan O‘zbekistonning turistik brendini yaratish va milliy turistik mahsulotlarni ommalashtirish uchun yangi instrumentlarni joriy etish chora-tadbirlari ham amalga oshirlishi belgilangan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring