Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga olib kelindi

Xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga olib kelindi

Foto: Interpol milliy byurosi

IIV Interpol Milliy markaziy byurosi va Turkiya Respublikasining vakolatli organlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar fuqaro aniqlanib, qo‘lga olindi va O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi. Bu haqda Interpol Milliy markaziy byurosi xabar berdi. 

Tezkor axborot almashinuvi, o‘tkazilgan muzokaralar va ikki davlatning huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik tufayli Turkiya tomoni qidiruvdagi shaxslarni deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qo‘lga olinganlarning biri qasddan badanga og‘ir shikast yetkazganligi (JK 104-moddasi), ikkinchisi esa firibgarlik (JK 168-moddasi) sodir etganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan.

Bugun qidiruvdagi bu ikki shaxs Istanbul shahridan aviareys orqali Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga olib kelindi va mamlakatimiz qonunchiligiga muvofiq keyingi protsessual harakatlarni o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlariga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Interpol Milliy markaziy byurosi mamlakat tashqarisida tergov va sud idoralaridan yashirinib yurgan shaxslarni qidirish, shuningdek, transchegaraviy jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash ishlarini davom ettirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring