Kosonsoyda hokim o‘rinbosari pora olayotganida qo‘lga tushdi
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari Namangan viloyatida o‘tkazgan tezkor tadbirda Kosonsoy tumani hokimining o‘rinbosari qo‘lga olindi.
Xabarga ko‘ra, hokim o‘rinbosari o‘z mavqeidan foydalanib, mahalliy tadbirkorga bosim o‘tkazgan. Hokimiyat tadbirkorga ijaraga bergan yerni boshqa odamga olib beraman deb tahdid qilgan. Amaldor o‘z uyiga 20 kVt quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib bersa, tadbirkorni tinch qo‘yishini aytgan.
O‘rinbosar quyosh panellarini sotib olish va o‘rnatish xarajatlari uchun 65 million so‘m pulni o‘z xizmat mashinasida olayotgan paytida ushlandi.
Ushbu holat bo‘yicha mansabdorga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoyat ishi ochildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter