Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Doniyor Yusupov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Doniyor Yusupov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Doniyor Yusupov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Doniyor Yusupov oliy ma’lumotli, Toshkent avtomobil yo‘llari institutining bakalavriat va magistratura bosqichlarini avtomobil yo‘llari va inshootlari qurilishi hamda avtomobil yo‘llari va aerodromlar mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Toshkent shahar yo‘l qurilish va ta’mirlash tresti, Respublika yo‘l jamg‘armasi, avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi, Toshkent shahar mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati hamda Yunusobod tumani hokimligida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Yunusobod tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Muzaffar Qalandarov Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring