“Formula-1” yulduzi Sharl Lekler O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi muzeyidan hayratda qoldi
“Skuderia Ferrari” jamoasining “Formula-1” chempioni Sharl Lekler O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyiga tashrif buyurib, bu bino, undagi har bir bo‘lim va ekspozitsiyadagi mayda detallargacha bo‘lgan e’tibor o‘ziga xos chiroy va mukammallikni namoyon etganini e’tirof etdi.

Sharl Lekler, “Formula-1” chempioni:
“Bu yerda ko‘rganlarim — haqiqatan ham aql bovar qilmaydigan darajada hayratlanarli. Men bugun guvoh bo‘lgan manzaralarni boshqa hech qayerda uchratmaganman. Markaz ichidagi har bir detal, har bir bo‘limga berilgan e’tibor — nihoyatda nafis va aniq maqsadli tashkillashtirilgan.
Men uchun yangi madaniyatlar, yangi mamlakatlar bilan tanishish doimo qiziqarli. O‘zbekiston esa o‘zining boy, chuqur va juda jozibali tarixi bilan alohida ajralib turadi. Bu yerga taklif etilganim, mamlakat haqida ko‘proq bilish imkoniga ega bo‘lganim men uchun katta sharaf. Buning uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
Bu tashabbus, menimcha, juda ulkan ahamiyatga ega. Markazni ko‘rish menda juda katta taassurot qoldirdi. Men O‘zbekistonda bir marta bo‘lganman va o‘sha paytdanoq bu yurt menga juda yoqqan edi.
Mana, ikkinchi bor kelishim. Bu safar madaniyatni yanada yaqindan anglash, xalq va mamlakat haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.
Ko‘rgazmalar ham juda yuqori darajada tashkil etilgan. Bu yerda qo‘llanilgan texnologiyalar, materiallar va yondashuv — barchasi o‘ziga xos, o‘zgacha. Markazda O‘zbekiston tarixining yirik bir bo‘lagi mujassam ekani yaqqol seziladi”


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter