Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BMTning Sivilizatsiyalar alyansi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BMTning Sivilizatsiyalar alyansi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Jidda shahriga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovning rasmiy safari doirasida qator muhim uchrashuvlar tashkil etildi. Mazkur safar Prezident tashabbusi bilan bunyod etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining boy madaniy-ma’naviy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etish, ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratildi.

Safar doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov Jidda shahrida Islom san’ati muzei direktori Mamduh Usmon bilan uchrashdi. Unda Markaz faoliyati, uning asosiy maqsad va vazifalari, islom sivilizatsiyasining ilmiy, tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish va targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarni yuksak baholadi.

Shuningdek, barcha muzokara va uchrashuvlar davomida qo‘shma ko‘rgazmalar tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro anjumanlar o‘tkazish, mutaxassislar va tadqiqotchilar o‘rtasida tajriba almashish masalalari keng muhokama qilindi. Tomonlar hamkorlikning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Muzokaralar yakunida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sivilizatsiyalar alyansi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat sivilizatsiyalar o‘rtasida muloqotni mustahkamlash, madaniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilish, shuningdek, islom sivilizatsiyasi merosini jahon hamjamiyatiga keng yetkazishga xizmat qilishi qayd etildi.

Tomonlar mazkur uchrashuvlar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini ta’kidlab, kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring