Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Euronews va CNN «Ma’rifat aks-sadosi»ni taqdim etmoqda: zamonaviy dunyoni tasavvur qilish uchun muhim bo‘lgan o‘n shaxs

Euronews va CNN «Ma’rifat aks-sadosi»ni taqdim etmoqda: zamonaviy dunyoni tasavvur qilish uchun muhim bo‘lgan o‘n shaxs

Euronews va CNN telekanallari xalqaro «Ma’rifat aks-sadosi» loyihasi doirasida O‘zbekistonning o‘n nafar buyuk shaxsiyatiga bag‘ishlangan videoroliklar turkumining bo‘lajak namoyishini e’lon qildi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Loyiha hikoyachisi sifatida «Oskar» mukofoti sohibi, jahonga mashhur aktyor Ben Kingsli ishtirok etmoqda. Uning ovozi loyihaga xalqaro mazmun bag‘ishlab, murakkab tarixiy va ilmiy mavzularni keng jahon auditoriyasi uchun tushunarli qiladi. 

Loyiha qahramonlari — Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod va Zahiriddin Muhammad Bobur — matematika, tibbiyot, astronomiya, falsafa, san’at va davlatchilik tafakkuri rivojini ularsiz tasavvur etib bo‘lmaydigan o‘nta ulug‘ shaxslardir.

Loyiha Markaziy Osiyoning intellektual merosini jahon madaniy-ilmiy makoniga qayta olib kirib, zamonaviy sivilizatsiyaning ko‘plab fundamental g‘oyalari Yevropa universitetlari paydo bo‘lishidan ancha oldin — Buyuk Ipak yo‘li madaniy chorrahalarida shakllanganini eslatadi.

— «Ma’rifat aks-sadosi» loyihasi — o‘tmish haqidagi hikoya emas, balki kelajak bilan ma’noli muloqot. Bizning vazifamiz — Markaziy Osiyo zaminida shakllangan, jahon ilmi, madaniyati va inson tafakkuri taraqqiyotiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatgan sivilizatsiyalarni, shaxsiyatlar va kashfiyotlarni dunyoga qaytarish. Ushbu loyihani amalga oshirish Davlat rahbari topshiriqlariga muvofiq belgilangan vazifalarni bajarishdagi yana bir muhim qadamdir, — dedi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring