Saida Mirziyoyeva Rim papasi Lev XIV bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Rim papasi Lev XIV bilan uchrashdi.
Uchrashuv Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti hay’ati yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tgan.


«Mukofotning madaniyatlararo va dinlararo anglashuvni kengaytirishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildik.
O‘zbekistonda turli konfessiyalar vakillari, jumladan katoliklar, totuvlik va bag‘rikenglik muhitida yashayotgani ta’kidlandi. Mukofot bu qadriyatlarni xalqaro miqyosda mustahkamlashga intilmoqda.
Butun dunyoda ishonchni mustahkamlash va insonparvarlik tamoyillarini ilgari surishga qaratilgan loyihalar ustida hamkorlikda ishlashga tayyorlik bildirildi», — deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter