Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Smartfon ekranidan taralayotgan nur yuzni tez qaritadi

Smartfon ekranidan taralayotgan nur yuzni tez qaritadi

Foto: SB Arts Media/Shutterstock/FOTODOM

Smartfonlar, noutbuklar va shunga o‘xshash qurilmalarning ekranlaridan taraluvchi ko‘k nur inson yuz terisi qarishini tezlashtirib yuboradi. Bu oksidlovchi stress va kollagenning parchalanishi bilan bog‘liq.

«Ko‘k nur ultrabinafsha nurdan chuqurroq — derma darajasigacha kirib boradi va erkin radikallar hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Oqibatda oksidlanish stressi yuzaga keladi, kollagen parchalanishi kuchayadi va terining qarish jarayonlari tezlashadi»,dedi tibbiyot fanlari nomzodi, dermatovenerolog, MARTINEX ilmiy rahbari Natalya Mixaylova.

Smartfonlar nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararli nurlar tarqatadi, balki mikrotsirkulyasiyaning buzilishiga, yuz mushaklarining zo‘riqishiga (ko‘proq ko‘z atrofida), terining suvsizlanishiga olib keladi. Shu bilan birga, qurilmadan chiqayotgan issiqlik va qo‘llarning yuzga doim tegishi terini ifloslaydi, jumladan, sebum (yog‘), chang mikrozarrachalari to‘planishiga olib keladi.

Elektron qurilmalarning teriga zararini kamaytirish uchun, dermatolog ko‘k nurni pasaytiruvchi himoya ekranlaridan foydalanishni, shuningdek, yuzni doim toza tutish va antioksidantlar bilan parvarishlashni maslahat berdi. Bularga, xususan, C va E vitaminlari, bioflavonoidlarni o‘z ichiga olgan o‘simlik ekstraktlari va ko‘k choy kiradi.

Hatto xonada ham quyoshdan himoyalovchi kremdan foydalanish mumkin, u ekranlarning ko‘k nuridan himoya qiladi. Albatta, sog‘lom turmush tarzi — to‘laqonli ovqatlanish va uyquning ham teri sog‘lomligida roli katta, deya xulosa qildi mutaxassis.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring