Amudaryo orqali narkotik olib o‘tgan afg‘onistonlik ushlandi
Amudaryo orqali 10 kg giyohvandlik vositasini olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokurer ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari qo‘shni Afg‘onistondan mamlakatimizga kontrabanda qilingan katta miqdordagi narkotik moddalarni to‘xtatib qolishdi.
Xususan, Afg‘onistonning Qunduz viloyatida yashovchi, 1974-y.t. shaxs davlat chegarasini buzgan holda, Amudaryodan qayiqda suzib o‘tgan vaqtida qo‘lga olindi.
Uning yonida bo‘lgan 2 ta qopning ichida esa jami 10 dona o‘ramda, sof og‘irligi 10 kg 354 gr bo‘lgan «gashish» giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirildi.
Hozirda DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari doirasida ushbu jinoyatga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter