AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi
AQShning Kiyevdagi elchixonasi yaqin 24 soat ichida Ukraina hududiga «sezilarli havo hujumi» bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirish e’lon qildi.
Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, amerikalik fuqarolarga yaqindagi bombapanohlar joylashuvini oldindan aniqlab olish, havo trevogasi paytida darhol pana joylarga tushish hamda oziq-ovqat, suv va dori-darmon zaxirasini tayyorlab qo‘yish tavsiya etilgan.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonidan yirik kombinatsiyalashgan zarba tayyorlanayotgani haqida razvedka ma’lumotlari borligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ehtimoliy hujumda «Oreshnik» gipertovushli ballistik raketasi qo‘llanishi mumkin.
Zelenskiy bu ma’lumotlar AQSh va Yevropa hamkorlaridan ham olinganini, hozirda ular tekshirilayotganini bildirgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter