Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtomobil bozori keskin o‘sdi: savdo 7,6 trln so‘mga yetdi

Avtomobil bozori keskin o‘sdi: savdo 7,6 trln so‘mga yetdi

2026-yil yanvar oyida avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo hajmi qariyb 7,6 trln so‘mni tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,8 trln so‘mga yoki 31,9 foizga oshgan. Natijada bozorda talab va savdo faolligi yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

So‘nggi yillar kesimidagi dinamika ham o‘zgaruvchanlikni ko‘rsatadi. Jumladan, 2023-yil yanvarda 3,9 trln so‘m bo‘lgan hajm 2024-yilda 7,1 trln so‘mga yetgan, 2025-yilda esa 5,7 trln so‘mga tushgan.

Bundan tashqari, 2026-yil yanvar oyida transport xizmatlari hajmi 15,6 trln so‘mdan oshgan. Tarkibiy jihatdan avtomobil transporti 50,9 foiz bilan yetakchilik qilmoqda. Qolgan ulush havo transporti 13,5 foiz, yordamchi faoliyat 14,5 foiz, quvur transporti 10,4 foiz va temir yo‘l transporti 10,7 foizni tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring