Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayrim davlat fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi soddalashtiriladi

Ayrim davlat fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi soddalashtiriladi

Foto: Xabar.uz

Xalqaro tan olingan vizalarga ega xorijliklarning O‘zbekistonga kirishi soddalashtiriladi. 

«Xalqaro tan olingan vizalarga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish tartibini soddalashtirish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–180-son, 29.08.2026-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan  Avstraliya, AQSh, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Kanada, Koreya Respublikasi, Shengen kelishuvi ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar, Yangi Zelandiya va Yaponiyaning amaldagi ko‘p martalik biznes va turizm toifasidagi kirish vizasiga ega bo‘lgan hamda o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Hindiston Respublikasi fuqarolari uchun:

- ushbu xorijiy vizalardan birining amal qilish muddati mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kungacha bo‘lgan muddatga vizasiz rejim amaliyoti joriy etiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring