Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bankdan olingan qarz tufayli «Hyudai Elantra» xatlandi

Bankdan olingan qarz tufayli «Hyudai Elantra» xatlandi

Foto: MIB Buxoro boshqarmasi

Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, «Husen Susana Expidition» MChJdan ATB «Sanoat-qurilish bank» foydasiga 154 million 778 ming so‘mdan ortiq qarz undirilishi belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati boshqarmasi ma’lum qilishicha, qarzdorga qarzni ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun muddat berilgan. Biroq, belgilangan vaqtda qarzdorlik qoplanmagani sababli majburiy ijro harakatlari boshlangan.

Ijro jarayonida korxonaga tegishli mol-mulklar aniqlanib, ularga ta’qiq qo‘yilgan. Shuningdek, korxona balansidagi «Hyundai Elantra» avtomashinasi qidiruvga berilgan.

Qidiruv tadbirlari natijasida avtomashina topilib, qarzdor uni jarima maydonchasiga ixtiyoriy topshirishdan bosh tortgach, evakuator orqali olib ketilgan.

Mutasaddilarning bildirishicha, agar qarzdorlik yaqin vaqtda qoplanmasa, avtomashina baholanib, elektron auksion savdosiga chiqariladi. Tushgan mablag‘ esa sud qarorida ko‘rsatilgan qarzni qoplashga yo‘naltiriladi.

Hozirda mazkur ijro ishi bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom etmoqda.

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring