Bankdan 500 dollargacha valyutani hujjatsiz sotib olsa bo‘ladi
Endilikda bankdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz 500 dollargacha naqd chet el valyutasini olish mumkin bo‘ladi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bu haqidagi idoraviy hujjat 2026-yil 8-mayda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 2886-12).
Endilikda mijozlar bankdan 500 AQSh dollarigacha bo‘lgan naqd chet el valyutasini pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatlarsiz olishlari mumkin.
Mazkur yangi tartib 3 oydan keyin kuchga kiradi.
Amaldagi tartibga ko‘ra ushbu summa 100 AQSh dollarini tashkil etadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter