Ziroat Mirziyoyeva «Inson uchun» festivaliga tashrif buyurdi
Birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan an’anaviy «Inson uchun» festivaliga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Ziroat Mirziyoyeva ijtimoiy loyihalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, shuningdek yoshlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlari bilan tanishdi.
Festival ijtimoiy himoya, inklyuziv bandlik va aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi tashabbuslarni ilgari surish maqsadida davlat tashkilotlari, biznes vakillari, banklar, xalqaro va jamoat tashkilotlarini birlashtirdi.
Avvalroq Ziroat Mirziyoyeva Xivada Eco-schools Uzbekistan loyihasida ishtirok etgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter