Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda hokim o‘rinbosari 12 ming dollar bilan ushlandi

Buxoroda hokim o‘rinbosari 12 ming dollar bilan ushlandi

Videodan kadr/Xavfsizlik

Buxoroda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi.

Jumladan, Buxoro viloyati Kogon tumani hokimi o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, tamagirlik yo‘li bilan 12 ming AQSh dollari miqdorida pora olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro tumanida shartnoma asosida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer «Qum Sulton» massivida joylashgan ekin maydonlariga Kogon tumani hududi orqali keladigan suv to‘xtatib qo‘yilgani sababli, ekin yerlarini suv bilan ta’minlashda yordam berishini so‘rab ushbu hokim o‘rinbosariga murojaat qilgan.

Mansabdor shaxs esa ekin maydonlariga keladigan suvni ochib berishini va kelgusida bu borada muammo bo‘lmasligini aytib, evaziga 15 ming AQSh dollari talab qilgan.

Hozirda tuman hokimi o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi «b»,«v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring