«Biznes hamroh» loyihasi ishga tushiriladi
«Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat, professional, konsalting, moliyaviy, injiniring, marketing, media, IT va operatsion xizmatlarni kompleks ko‘rsatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi:
- 1000 dan ortiq davlat va xususiy xizmatlarni «yagona darcha» tamoyili asosida ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish orqali tadbirkorlar faoliyatiga to‘laqonli hamrohlik qilish tizimini joriy etish;
- tadbirkorlar masalalari va muammolarini eshitish, muhokama qilish va joyida hal qilishga mo‘ljallangan sifat jihatdan yangi maydoncha yaratish.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan tadbirkorlik faoliyatiga oid davlat xizmatlari va ayrim xususiy xizmatlarni tadbirkorlarga «yagona darcha» tamoyili asosida ko‘rsatish bo‘yicha «Biznes hamroh» loyihasi amalga oshiriladi.
«Biznes hamroh» loyihasi doirasida:
- Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etiladigan mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan boshqariladigan «Biznes hamroh» markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
- dastlabki bosqichda «Biznes hamroh» markazlari Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar markazlarida 1 tadan tashkil etiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter