Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boliviya sobiq prezidenti hibsga olindi

Boliviya sobiq prezidenti hibsga olindi

Foto: RIA Novosti

Boliviya sudi korrupsiya bo‘yicha sudini kutayotgan sobiq prezident Luis Arseni 5 oy muddatga qamoqda qoldirishga qaror qildi. Ayni qaror Boliviyada siyosiy tanglikni yanada kuchayishtirishi mumkin, deb yozmoqda ABC nashri.

62 yoshli Arse — Boliviyaning «Sotsializmga harakat» partiyasi yetakchisi, 2020-yilda mamlakat prezidentligiga saylangan, bir oy avval uning o‘rnini so‘nggi yigirma yilda birinchi marta saylovda g‘olib chiqqan o‘ng qanot partiyasi nomzodi egallagandi.

Arse xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish va moliyaviy firibgarliklar bo‘yicha barcha ayblovlarni qat’iy rad etmoqda. Agar aybiga iqror bo‘lsa, 6 yilgacha muddatga qamalishi mumkin.

Sobiq prezident poytaxt La-Pasda hibsga olinganidan ikki kun o‘tib, sudya virtual majlisda uning hibsda saqlanishi haqida qaror chiqardi.

Arse davlat jamg‘armasidan millionlab dollarlarni shaxsiy hisob raqamlariga o‘tkazishda ayblanyapti — bu Evo Morales prezidentligi paytida u iqtisodiyot vaziri bo‘lib ishlagan davrga (2006–2017-yillar) to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring