Boylar to‘laydi: Braziliyada o‘rta sinf daromad solig‘idan to‘liq ozod etiladi

Braziliya deputatlari prezident Lula da Silvaning o‘rta sinfni daromad solig‘idan ozod qilish bo‘yicha muhim tashabbusini ma’qulladi, deb xabar berdi BFMTV.
Bunga boylar uchun soliqni to‘rt baravar oshirish hisobiga erishiladi.
Deputatlar ma’qullagan qonun loyihasiga ko‘ra, oylik maoshi 5 000 real (taxminan 936 AQSh dollari)dan oshmaydiganlar daromad solig‘i to‘lashdan butunlay ozod etiladi. Shu paytgacha 3 000 realgacha maosh oluvchilar daromad solig‘i to‘lamas edi.
Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, agar tashabbus mantiqiy yakuniga yetkazilsa, taxminan 16 mln braziliyalik 2026-yilda shu soliqdan qutuladi.
Budjet daromadlaridagi yo‘qotishlarni qoplash uchun oyiga 50 ming real (9 366 AQSh dollari)dan ziyod daromad oluvchilar uchun soliqlar 4 hissa oshiriladi. Hozirda ushbu toifadagi 140 ming kishi o‘rtacha 2,5 foiz daromad solig‘i to‘lamoqda. Ular uchun soliqlar bosqichma-bosqich oshirib borilib, 10 foizga yetkaziladi.
Prezident Lula tarafdorlarining asosiy dastagiga aylangan ushbu tashabbus birinchi marta o‘tgan yili ilgari surilganida moliya bozorlari tomonidan salbiy qabul qilindi va hatto milliy valyuta — realning tarixiy qadrsizlanishiga olib keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter