Bugun ayrim hududlarda kuchli shamol esib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin
Bugun, 20-aprelda kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Shuningdek, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 24-29 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18 daraja iliq bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter