Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun janubiy hududlarda 40 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda

Bugun janubiy hududlarda 40 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37 daraja, janubda 40 darajagacha bo‘ladi.
 
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 32-34 daraja bo‘ladi.
 
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring