Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorolik ota bolalari uchun oldindan 145 mln so‘m aliment to‘ladi

Buxorolik ota bolalari uchun oldindan 145 mln so‘m aliment to‘ladi

Foto: Xabar.uz

Qonuniy cheklovlar qarzdor otalarni oldindan aliment to‘lovini amalga oshirishga undamoqda. 

Buxoro viloyati, Jondor tumanida yashovchi fuqaro R.Ch. turmush o‘rtog‘i N.Sh. bilan bir necha yil muqaddam ajrashgan. Ajrashgandan so‘ng, u voyaga yetmagan ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lab kelgan.

So‘nggi vaqtlarda aliment to‘lovidan qarzdorlik uchun qator qonuniy cheklovlar joriy etilgani R.Ch.ni ham mas’uliyatni yanada jiddiy qabul qilishga undagan. Jumladan, aliment qarzdorligi mavjud bo‘lganda chet elga chiqish yoki xorijda ishlash imkoniyatlari cheklanishi mumkinligi uni o‘ylantirgan.

Shu sababli, u sobiq turmush o‘rtog‘i N.Sh. bilan o‘zaro kelishuvga erishib, kelgusi 5 yil uchun aliment to‘lovlarini oldindan amalga oshirgan.

Majburiy ijro buyurosi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektori Ixtiyor Olimovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, kelishuvga muvofiq, qarzdor ota tomonidan ikki nafar farzandning ta’minoti uchun jami 145 million so‘m aliment pullarini AQSh dollari ko‘rinishida to‘langan.

Bundan tashqari, u farzandlari uchun 3 juft tilla zirak va 3 dona tilla uzukni ham hadya qilgan.

Ko‘plab qarzdor otalarning alimentning oldindan to‘layotganini qonuniy cheklovlarning natijasi, deyish mumkin. Endi undiruvchi taraf ijro buyurosiyu-sud eshiklarida sarson yurishmaydi. Qarzdorlarga nisbatan qonuniy cheklovlar farzandlari manfaatini ustun qo‘ygan har qanday qarzdorning mas’uliyatini ikki karra oshiradi,—deydi Ixtiyor Olimov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring