Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Denovdagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi

Denovdagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi

Videodan kadr.

Denovdagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi. 

7-aprel kuni Surxondaryo viloyati FVBga Denov tumani, «Oqtom» MFYda joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida «KAMAZ» rusumli suyultirilgan (propan) gaz tashuvchi maxsus avtomobildan sig‘imga gazini quyish vaqtida sig‘imda chaqnash sodir bo‘lib, natijada yong‘in kelib chiqqan. 

Hodisa joyiga 5 ta qutqaruv bo‘linmalari yetib borib, yong‘in o‘rab olingan va hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, sig‘imning yorilishi sababi maxsus avtomobildan propan gazini bo‘shatish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi deb taxmin qilinmoqda.

Voqea joyiga viloyat FVB rahbar xodimlari, Denov tumani IIB, SSB, «Hududgazta’minot» rahbar va xodimlari chiqishgan hamda hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring