Farg‘onada salkam 3 mlrd so‘mlik gaz talon-toroj qilingani aniqlandi
Farg‘ona viloyatida 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «B.H.» MChJ mas’ul shaxslari Farg‘ona shahrida foydalanishga topshirilgan ko‘p qavatli uyni umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulaganliklari oqibatida, 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Samarqandda salkam 6,5 mlrd so‘mlik gaz talon-toroj qilingani ma’lum bo‘lgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter