Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi soliq tekshiruvlari to‘liq videotasvirga olinadi

Endi soliq tekshiruvlari to‘liq videotasvirga olinadi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish tartibiga yangi talablar joriy etildi. Vazirlar Mahkamasining 154-sonli qarori bilan soliq tekshiruvlarini videotasvirga olish tartibi belgilandi.

Qarorga muvofiq, «Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlangan.

Endilikda nazorat tadbirlari soliq organi rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan beriladigan maxsus buyruq asosida videoga olinadi.

Nizomga ko‘ra, soliq organlari tomonidan o‘tkaziladigan bir qator nazorat jarayonlari majburiy ravishda videotasvirga olinadi. Jumladan, soliq solish ob’yektlarini hisobga olish, xronometraj kuzatuvlari, ishchi va xodimlar sonining hisobotlar bilan muvofiqligi tekshirilishi qayd etiladi.

Shuningdek, nazorat kassa texnikasi va hisob-kitob terminallaridan foydalanish, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishi ham videoga olinadi.

Qarorga ko‘ra, videotasvirga olish jarayoni soliq to‘lovchilar faoliyatiga xalal bermasligi shart. Ya’ni tekshiruv tadbirlari ish jarayonini to‘xtatmasdan amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, nazorat natijalari bo‘yicha tuziladigan dalolatnomada videoga olish qurilmasi haqida ma’lumotlar va qayd etilgan holatlar alohida ko‘rsatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring