Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ertaga «Super Oy» hodisasiga guvoh bo‘lamiz

Ertaga «Super Oy» hodisasiga guvoh bo‘lamiz

Foto: Unsplash / Andrew W

7-oktyabrda Oy perigey nuqtasiga, ya’ni Yergacha eng kam masofaga yaqinlashadi. Bu haqda TASS Ural observatoriyasiga asoslanib xabar bedi.

Shu kuni Oy va Yer o‘rtasidagi masofa 360 ming kilometrdan ham qisqaroq bo‘ladi. Bu tabiiy yo‘ldosh Yerdan eng olisda bo‘ladigan masofadan 14 foiz yaqinroq. Ma’lumot uchun: Yer va Oy o‘rtasidagi o‘rtacha masofa 384,4 ming km.

Oy Yerga juda yaqin kelgani uchun yorqin ko‘rinadi.

8-oktyabrda Oy biroz uzoqlashadi, 23-oktyabrda esa 406 ming kilometrgacha olislab ketadi. 13-oktyabrda Oy Yupiterning, 19-oktyabr tongida esa Zuhro (Venera) sayyorasining yonida ko‘rinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring