Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘azoni tiklashga qancha pul kerak?

G‘azoni tiklashga qancha pul kerak?

Foto: Ebrahim Hajjaj / Reuters

G‘azo sektorini qayta qurishga taxminan 70 milliard dollar mablag‘ kerak bo‘ladi, tiklash ishlari o‘nlab yillarga cho‘zilishi mumkin, dedi jurnalistlarga BMT vakili Yako Silliyers. Uning so‘zlarini Reuters keltirmoqda.

Silliyersning aytishicha, arab va Yevropa davlatlari hamda AQSh G‘azoni tiklashni moliyalashtirishda ishtirok etishga tayyorligini bildirgan, biroq tafsilotlar hozircha aniq emas.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, G‘azodagi vayronalar 55 million tonna atrofida yoki Misr ehromlarining 13 tasiga teng.

BMTning Sun’iy yo‘ldosh kuzatuvlari markazi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektoridagi jami inshootlarning qariyb 83 foizi vayron bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring