Germaniya birinchi marta BMT Xavfsizlik Kengashiga a’zo bo‘la olmadi
Germaniya BMT Xavfsizlik Kengashida doimiy bo‘lmagan o‘rinni qo‘lga kirita olmadi. Bu haqda Spiegel nashri xabar berdi.
Ovoz berishning birinchi turida Portugaliya va Avstriya g‘alaba qozonganini BMT Bosh Assambleyasi raisi Annalena Berbok (Germaniya sobiq tashqi ishlar vaziri — tahr.) e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, Portugaliya 134 ta, Avstriya 131 ta, Germaniya esa 104 ta ovoz olgan. Saylanish uchun BMTga a’zo 193 ta davlatning uchdan ikki qismi ovoz berishi talab etilar edi. A’zolardan biri ovoz berishda betaraf qoldi. Qo‘mitaning ushbu a’zolari vakolat muddati 2027 va 2028-yillarda tugaydi.
Germaniya birlashganidan so‘ng, an’anaviy tarzda har sakkiz yilda nomzodini ilgari surib, Xavfsizlik Kengashidan o‘rin olib kelgan. Shu tariqa Germaniya 6 marta vakillik qilgan, oxirgisi 2019 va 2020-yillarga to‘g‘ri kelgan. Diplomatlarning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya shu paytgacha biror marta ham qo‘mitadan o‘rin ololmay qolgan vaziyat kuzatilmagan edi.
Germaniya Tashqi ishlar vaziri Yohan Vadefulning g‘alabaga ishonchi baland edi. «Biz ushbu ovoz berish jarayoniga ishonch va optimizm bilan kirib boryapmiz», — degandi u avvalroq jurnalistlarga. Ovoz berish boshlanishidan oldin u BMT Bosh Assambleyasi zalida avstriyalik va portugaliyalik hamkasblari Beate Maynl-Rayzinger va Paulu Rangel bilan selfiga tushgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter