Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Glinka ko‘chasidagi holat sabab jinoiy ish ochildi

Glinka ko‘chasidagi holat sabab jinoiy ish ochildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkentdagi Glinka ko‘chasidagi o‘pirilish bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar qildi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, diametri 219 mm bo‘lgan yagona yer osti gaz quvuridan sizib chiqqan gaz issiqlik tarmog‘i kamerasida to‘planib, avariya holatini yuzaga keltirgan. 

Tekshiruv davomida gaz quvurining taxminan 375 kv. sm (15×25 sm) maydonida bir nechta joydan gaz sizib chiqayotgani aniqlangan.

​Ayni paytda soha mutaxassislari hodisa sabablari va barcha tafsilotlarni batafsil o‘rganishda davom etmoqda. Tekshiruv yakunlangach, yo‘l qoplamasini tiklash ishlari davom ettiriladi va yaqin vaqt ichida yo‘l transport harakati uchun ochiladi.

​Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakunlariga ko‘ra, aybdor shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Vaziyat Toshkent shahar hokimligining doimiy nazoratidadir, deyiladi xabarda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring