Hafta davomida havo harorati ko‘tarilib boradi
Joriy ish haftasining birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati iqlimiy me’yorga yaqin bo‘lgan biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari havo 32-35 darajagacha isiydi.
Haftaning ikkinchi yarmida kunduzgi havo harorati 2-3 darajaga ko‘tarilib, kunduzi 35-38 darajani, janubda 39-40 darajani tashkil etadi.
Harorat asosan kechalari 18-23 daraja bo‘ladi.
24-28avgust kunlari havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, faqat Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida bugun kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati bugun kunduzi 24-26 avgustda 32-35 daraja, 27-28 avgustda 35-37 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 18-21 darajani tashkil etadi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 24 avgustda 11-14 m/s gacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter