Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Eron hududiga javob zarbalari berdi

Isroil Eron hududiga javob zarbalari berdi

Isroil harbiy-havo kuchlari Eronning g‘arbiy va markaziy hududlaridagi nishonlarga havo zarbalarini amalga oshirdi. SAHAL ma’lumotiga ko‘ra, bu hujum Eron tomonidan bir kun avval uyushtirilgan raketa zarbalariga javob bo‘lgan.

Avvalroq Eron Isroil hududiga raketa hujumi uyushtirgan, shundan so‘ng mamlakat bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilgan edi.

Ayni paytda Donald Tramp Vashington va Tehron o‘rtasida tinchlik kelishuviga erishishga umid qilayotganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQShni qoniqtiradigan har qanday kelishuvni qabul qilishi mumkin.

Shu bilan birga, AQSh va Eron o‘rtasida mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring