Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon banki o‘zbekistonlik talabalarni moliyaviy qo‘llash uchun $250 mln kreditni ma’qulladi

Jahon banki o‘zbekistonlik talabalarni moliyaviy qo‘llash uchun $250 mln kreditni ma’qulladi

Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekiston uchun 250 mln dollar miqdoridagi kreditni ma’qulladi. Ushbu mablag‘lar oliy, texnik va kasb-hunar ta’limi tizimida talabalarni moliyalashtirishdan teng foydalanishni kengaytirishga qaratilgan dasturni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.

Qayd etilishicha, kelgusi uch yil davomida ushbu dastur talabalarni moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirishga va butun mamlakat bo‘ylab 600 ming yoshlar uchun ta’lim kreditlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga yordam beradi. Dasturiy mablag‘larning qariyb 80 foizi kam ta’minlangan oilalar farzandlari bo‘lgan talabalar va xotin-qizlarga kredit ajratishga yo‘naltiriladi.

Bunda xotin-qizlar barcha oliy o‘quv yurtlari talabalarining 55 foizini va ta’lim kreditlari oluvchilarning 80 foizini tashkil etsa-da, talaba qizlarning atigi 33 foizi mehnat bozorida ko‘nikmalarga talab eng yuqori bo‘lgan STEM yo‘nalishlarida tahsil olishini ham inobatga olish nazarda tutilmoqda.

Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan mazkur dastur 2026-2028 yillarda O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan talabalarni moliyalashtirish tizimidagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish uchun amalga oshiriladi.

190 million dollardan ortiq mablag‘ yoki «EduImkon» dasturi mablag‘larining qariyb 80 foizi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, jumladan, kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan yoshlar va xotin-qizlarga ta’lim kreditlari ajratish, shuningdek, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlarini, xususan, STEM mutaxassisliklarini tanlashni rag‘batlantirishga yo‘naltirilishi belgilangan.

Shuningdek, «EduImkon» dasturi qo‘shimcha 30 million dollar xususiy kapitalni jalb qilishga yordam beradi. Bu talabalarni kreditlash imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi va davlat budjetiga bosimni kamaytiradi.

Manba: worldbank.org

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring